AE
Maxfiylik siyosati
Aethera CRM · 2026-yil 18-noyabr
Aethera CRM — Aethera jamoasining ichki ilovasi: lidlar, vazifalar va ishlar. Unga faqat taklif qilingan jamoa a'zolari kira oladi. Ilova Google Play'da «1-SONIA» MChJ dasturchi hisobidan nashr etiladi.
Qanday ma'lumot yig'iladi
- Akkaunt: ism, rol, telefon raqami (serverda faqat kalitli xesh va oxirgi 4 raqam saqlanadi), Telegram foydalanuvchi ID va username — kirish kodi Telegram orqali yuborilishi uchun.
- Ish ma'lumotlari: siz va jamoa kiritgan vazifalar, izohlar, lidlar (mijoz nomi, sohasi, keyingi qadam, mijoz telefoni — faqat ruxsati bor xodim ko'radi va har ko'rish jurnalga yoziladi).
- Jamoaning Telegram guruhi: guruh xabarlari matni (telefon raqamlari olib tashlangan holda) va ovozli xabarlarning matni.
- Reklama identifikatorlari, joylashuv, kontaktlar ro'yxati, kamera yoki mikrofon yig'ilmaydi.
Qanday ishlatiladi
- Faqat ilovaning o'zi uchun: kirish, vazifa va lidlarni ko'rsatish, jamoaga eslatma.
- Sotuv suhbatlaridan lid kartochkasini taklif qilish uchun matn (telefon raqamlarisiz) Anthropic kompaniyasining Claude modeliga yuboriladi; natijani xodim tasdiqlaydi.
- Ovozli xabarlar Aethera'ning o'z kompyuterida matnga aylantiriladi; audio serverga yuklanmaydi.
- Ma'lumot sotilmaydi, reklama uchun ishlatilmaydi, uchinchi shaxslarga berilmaydi (yuqoridagi Claude ishlovi bundan mustasno).
Saqlash va himoya
- Server O'zbekistondagi VPS'da (eskiz.uz). Barcha ulanishlar HTTPS orqali shifrlangan.
- Telefondagi kirish tokeni iOS Keychain yoki Android Keystore'da saqlanadi.
- Har kuni zaxira nusxa olinadi, 30 kundan keyin o'chiriladi.
Sizning huquqlaringiz
Ma'lumotlaringizni ko'rish, tuzatish yoki akkauntni o'chirishni so'rashingiz mumkin — akkauntni o'chirish sahifasiga qarang.
Aloqa
Telegram: @giyosbeck · E-mail: me.aethera@gmail.com
English summary. Aethera CRM is Aethera's internal team app; only invited staff can sign in. We store name, role, a keyed hash and last four digits of the phone number, Telegram user id/username, and the work data the team enters (tasks, comments, leads). Text from the team's Telegram group (phone numbers removed) may be sent to Anthropic's Claude to propose lead fields, which staff confirm. Voice messages are transcribed on Aethera's own computer. No ads, no tracking, no sale of data. Hosted in Uzbekistan over HTTPS. To delete your account and data see Delete account, or contact me.aethera@gmail.com.